ARCHA (Juniperus) turkumiga mansub bo‘lib, bu turkumga daraxt va butalar kiradi. Ularning bargi ignasimon yoki tangachasimon. Odatda yosh daraxtda avval ignabarglar paydo bo‘lib, so‘ngra tangachasimon shaklga kiradi. Archa mojjevelnikning mahalliy nomi bo‘lib, turkiy xalqlarda shunday nomlanadi. Archalar urug‘dan yaxshi ko‘payadi. Bu turkumga 60 tur kiradi. Ular shimoliy yarim sharning mo‘tadil iqlim mintaqalarida hamda Markaziy Amerikada, G‘arbiy Hindistonda va Sharqiy Amerikaning tropik qismidagi tog‘larda tarqalgan. MDH da 21 turi o‘sadi. Kavkaz va Markaziy Osiyoda ayrim turlari archazorlar hosil qiladi. Archa O‘zbekistonning tog‘ o‘rmonlarida asosiy o‘rmon hosil qiluvchi daraxt turlaridan hisoblanadi. Manba: Dendrologiya. 2015.
ARCHA