ARALASH DARAXTZORLARDA TURLARNING O'ZARO TA’SIRI

ARALASH DARAXTZORLARDA TURLARNING O‘ZARO TA’SIRI - aralash daraxtzorlarda daraxt turlarining o‘zaro ta’siri o‘rmon o‘sish sharoitiga, daraxt turlarining tarkibiga va yoshiga bog‘liq bo‘ladi. Aralash daraxtzorlarda daraxtlar yorug‘lik, namlik va ozuqa moddalar uchun raqobatda bo‘ladilar. Daraxtzor barpo etishda bir-birlariga ijobiy ta’sir etuvchi daraxt turlarini tanlash lozim bo‘ladi. Buta turlari daraxt turlarining o‘sib rivojlanish holatiga turlicha ta’sir o‘tkazadi. Bu borada sariq akatsiya va oddiy o‘rmon yong‘og‘ining o‘ziga xos xususiyati borligini ta’kidlash mumkin. Sariq akatsiyaning ildiz tizimi yumshoq bo‘lib, sharoitiga bog‘liq holda, tuproqning yuza qatlamiga yaqin yoki 2 metrgacha bo‘lgan chuqurlikkacha joylashishi mumkin. Eman va qarag‘ay nisbatan o‘rmon yong‘og‘i bilan aralashtirib barpo etilgan o‘rmonlarda yaxshiroq o‘sib rivojlanadi.  Manba: Madaniy o‘rmonlar. 2008.