ARVOH KAPALAKLAR

ARVOH KAPALAKLAR (Sphingidae) oilasiga mansub kapalaklar burtlarining dugsimonligi, xartumchaning uzunligi, qorinchasi uchi tomon ingichkalashganligi bilan farqlanadi. Orqa qanotlari oldingilariga nisbatan kaltaroq, ikkala juft qanotlari uzun, yaxshi ilmashadigan ilgaklar yordamida tutashadi. Qurtlari qorinchaning VIII segmenti ustida shoxsimon o‘simtali. Kapalaklar yaxshi ucha oladi. Kapalaklar oqshomdan keyin gullarga qo‘nmay, nektar so‘rib oziqlanadi. Jonsiz bosh arvohkapalak (Acherontia atropos L.) yelkasida bosh skeletini eslatuvchi formali rasm bor. Kapalak, ba’zan asal so‘rish uchun uyaga kirib oladi. Qarag‘ay arvoh kapalagi qurti qarag‘ayga qisman zarar keltiradi. Manba: Entomologiya. 1977.

Prev Article

ARIZONA SARVISI

Next Article

ARЕAL