ARIZONA SARVISI (Cupressus arizonica Greene.) bo‘yi 20-25 metr, bir uyli, shox-shabbasi keng konussimon shaklga ega. Asosan u Arizona tog‘larida, Kaliforniyada va Shimoliy Meksikada tog‘larning 1500-2400 metr dengiz sathidan balandliklarida o‘sadi. 5-6 yoshida ilk gullashi qayd etiladi. Sarv turlari O‘zbekistonning janubiy hududlarida o‘rmon xo‘jaligi va ko‘kalamzorlashtirish uchun muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa, Arizona sarvi O‘zbekistonda ko‘kalamzorlashtirish uchun istiqbolli tur hisoblanadi. Manba: Manzarali dendrologiya. 2022.
ARIZONA SARVISI