ANЕMOFILIYA

ANЕMOFILIYA (yun. anemos — shamol va phileo — sevaman) — shamol orqali changlanish, o‘simlik changdonidagi changning urug‘chi tumshug‘iga yoki urug‘kurtakka shamol vositasida kelib tushishi. Anemofiliya eman, qayin, qayrag‘och kabi daraxtlarda, arpa, bug‘doy, makkajo‘xori va ochiqurug‘li o‘simliklarda bo‘ladi. Manba: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi.  2000.

Prev Article

ANTROPOXORIYA

Next Article

ANЕMOXORIYA