ANЕMOXORIYA (yun. anemos — shamol va choreo — tarqalayapman ) — o‘simlik mevalari, sporalari va urug‘larining shamol vositasida tarqalishi. Bunday organlarning shamol ta’sirida uchishiga xizmat qiladigan popuk, qanotcha kabi maxsus o‘simtalari bo‘ladi (mas, eman, zarang va qoqi o‘simliklarida). Manba: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi. 2000.
English
Русский
Deutsch
Prev Article