ANDROSOV YULG'UNI

ANDROSOV YULG‘UNI (Tamarix Androssowii Litw.) Androsov yulg‘unining tabiiy tarqalish hududlari sho‘rlanmagan yoki kam sho‘rlangan qum va barxanlardir. Markaziy Osiyoning Zarafshon daryosi qadimiy irmoqlarida va unga tutash bo‘lgan Amudaryoning vodiy qismida keng tarqalgan. Balandligi 8 metrga yetadigan buta. Yosh novdalarining rangi qoramtir, silliq, qavatchalarga kam ajraluvchan, katta yoshdagi novdalari esa to‘q kulrang. Gullari yirik (6 sm), shingillarga birikkan, oq yoki och-yashil tusda. Mevasi-kichik (4-5 mm) ajraluvchi ko‘sak, ichida 10 tagacha urug‘ bo‘ladi. Faqatgina temir yo‘l yoqalaridagi qumlarni mustahkamlash uchun ekiladi. Markaziy Osiyo va Kavkaz orti mamlakatlarida qumli tuproqlarda qumni mahkamlash va ko‘kalamzorlashtirishda foydalaniladi. Manba: Dendrologiya. 2012.

Prev Article

ANANASDOSHLAR

Next Article

ANEMOAVTOGAMIYA