ALOE (Aloe) — loladoshlar oilasiga mansub doim yashil, ko‘p yillik o‘tlar (ba’zan daraxtlar) turkumi. Tropik va subtropik mintaqalarda o‘sadi. Qariyb 180 turi ma’lum. Aloe turlari gultuvakda ham o‘stiriladi. Ularning bargi semiz, sersuv, qalin va tikanli. Aloe bargidan olinib quritiladigan shira — sabur surgi sifatida, konservatsiya kilingan sharbati esa turli yaralarni, kuygan terini, gastrit va kolitni davolashda ishlatiladi. Aloening bargidan olinib konservatsiya kilingan biostimulyatorlarga boy ekstrakti organizm mustahkamligini oshiruvchi vosita sifatida teri ostiga yuboriladi. Manba: «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi». 2000.
ALOE