ALLOPATRIYA

ALLOPATRIYA – ikkita o‘xshash areallarda keng tarqalgan o‘simliklarning turli qismlarining o‘sib rivojlanishi. Allopatrik turlanish (qadimgi yunoncha allos, “boshqa” va patris, “vatan” so‘zlaridan) yoki allopatrik geografik spetsifikatsiya turlari o‘rtasidagi reproduktiv to‘siq fazoviy izolyatsiya asosida shakllanadigan turlanish usullaridan biridir. Biologiyada allopatriya - bu turlar, kichik turlar yoki populyatsiyalarning tarqalish joylarining bir-birining ustiga chiqmasligi (to‘liq fazoviy bo‘linishi). Allopatrik taqsimotda geografik izolyatsiya (ajralish) tabiatda uchrashish va chatishtirishni oldini oladi. Allopatriyaning teskarisi simpatiya bilan ifodalanadi, unda yaqin turlar, kichik turlar yoki populyatsiyalar bir geografik hududda uchraydi va shuning uchun uchrashish va chatishtirish imkoniyati mavjud bo‘ladi. 

Prev Article

ALLOGAMIYA

Next Article

ALLOXORIYA