AYLANT IPAK QURTI (Philosamia cynthia) — tovusko‘zlilar oilasiga mansub kapalak. Qanotlari yoyilganda 110-130 mm, jigarrang, yo‘l-yo‘l, o‘rtasida yarim oysimon oqish dog‘lari bor. Janubiy-sharqiy Osiyoda tarqalgan, Janubiy Yevropaga ham keltirilgan. Qurtlari aylant, nastarin, kanakunjut va boshqa o‘simliklar bargi bilan oziqlanadi. Aylant ipak qurti Xitoy, Yaponiya, Hindistonda boqiladi, lekin katta sanoat ahamiyatiga ega emas. Bitta pillasi 60 m ga yaqin ipak ip beradi. Aylant ipak qurti laboratoriya hayvoni sifatida ham boqiladi. Manba: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi. 2000.
AYLANT IPAK QURTI