AYLANT

AYLANT - sassiq daraxt (Ailanthus) aylantdoshlar (simarubdoshlar) oilasiga mansub daraxtlar turkumi, 10 tacha turi ma’lum. Sharqiy Osiyo va Hindistonda ko‘proq tarqalgan. Ukraina, Qrim, Shimoliy Kavkaz, Belorussiya va Markaziy Osiyoda novcha aylant yoki Xitoy zaranggi (A. altissima) degan bir turi xushmanzara o‘simlik sifatida o‘stiriladi. Shu tur O‘zbekistonda (umuman Markaziy Osiyoda) ham o‘stiriladi. Aylantning barglari yirik, patsimon murakkab, badbo‘y. Gullari mayda, ikki jinsli (ba’zi turlarida bir jinsli), shingil to‘pgullarga yig‘ilgan aylant tez o‘sadi. Deyarli barcha turlaridan mebel tayyorlashda, qurilish materiali sifatida, buyumlar yasashda hamda qog‘oz tayyorlashda ishlatiladi. Xitoyda aylant bargi bilan aylant ipak qurti boqiladi. Manba: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi. 2000.

English

AILANT

Русский

АЙЛАНТ

Deutsch

AILANT

Prev Article

AYIQMURUT

Next Article

AYLANT IPAK QURTI