AKARITSIDLAR

AKARITSIDLAR (yun. akari - kana va lot. caedo - o‘ldiraman) - o‘simlikxo‘r kanalar, ombor kanalari, shuningdek uy hayvonlari va parranda kanalariga qarshi qo‘llaniladigan kimyoviy moddalar. O‘simlikka sirtdan keltan, neoron, omayt, mitak, oltingugurt, ohak-oltingugurt qaynatmasi va singib ta’sir etuvchi (fosfamid, fozalon, karbofos va b.) akaritsid bo‘lishi mumkin. Singib ta’sir qiluvchi akaritsidlar o‘rgimchakkanadan tashqari yana o‘simlik bitlarini va boshqa bir qancha so‘ruvchi zararkunandalarni ham nobud qiladi. Dehqonchilik va bog‘dorchilikda akaritsidlar asosan o‘rgimchakkanaga qarshi ishlatiladi. Manba: «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi». 2000.

English

ACARICIDES

Русский

АКАРИЦИДЫ

Deutsch

AKARIZIDE

Prev Article

AKANT