UZUNBURUNLILAR YOKI FILCHA QO'NG'IZLAR

UZUNBURUNLILAR YOKI FILCHA QO‘NG‘IZLAR (Curculionidae) oilasi turlarga boy guruhdir, 40 mingdan ortiq turi ma’lum. Bosh qismi oldinga yo‘nalgan, hartumchasimon, lekin uchida to‘la taraqqiy etgan, kichraygan va kemiruvchi tipda tuzilgan og‘iz apparati joylashgan. G‘umbagining ust ko‘rinishidan uzunburunlilarga mansub ekanligi bilinib turadi, ayniqsa, cho‘ziq boshiga qarab buni aniqlash mumkin. Uzunburunlilarning ko‘p turlari qishloq va o‘rmon xo‘jaliklariga jiddiy zarar keltiradi. Manba: Entomologiya. 1977.

Prev Article

UZUNBARG KARRAK

Next Article

UZUNTUMSHUQ