UZUMDOSHLAR (Vitaceae) - liana (tropik pechak) lardan va ba’zan butalardan iborat ikki pallali o‘simliklar oilasi. Barglari butun yoki bo‘lak-bo‘lak. Ilashib o‘sishga yordam beruvchi gajakchalari yoki mo‘ylovlari bor. Gullari bir jinsli ba’zan ikki jinsli, bir yoki ikki uyli, mayda, aktinomorf. Kosachasi ancha reduksiyalangan bo‘lishi ham mumkin. Hosili, odatda, ikkisakkiz urug‘li shirador yoki deyarli quruq mevachadan iborat. Manba: Флора Узбекистана. 1962.
UZUMDOSHLAR