OLCHA FILCHASI (Epirhynchites (Rhynchites) auratus) – gilos, olcha, ba’zan shaftoliga ham katta zarar yetkazadi. Filcha tushgan meva ko‘pincha, pishmasdan to‘kilib ketadi. Kurtak va gullarga filcha ko‘proq zarar yetkazadi. Filcha tushgan kurtaklar tugunchasini filcha kemirgan bo‘lsa, gullar meva qilmaydi. Olcha filchasi Markaziy Osiyoda (ayniqsa O‘zbekistonning Samarqand, Toshkent viloyatlarida va Tojikistonning Xo‘jand viloyatiga katta zarar keltirgan. O‘zbekistonning Buxoro va Xorazm viloyatlarida uchramaydi), Rossiya va Yevropaning o‘rta va janubiy kengliklarida, Sibirning janubi-g‘arbida, Qozog‘iston, Kavkaz ortida, Yevropada uchraydi. Manba: O‘rmon entomologiyasi. 2022.
English
Русский
Deutsch
Prev Article