ORXIDЕYANAMO GULSAFSAR (Iris orchioides Carriere) G‘arbiy Tyan-Shanning kamyob endemik o‘simlik. Aprel oyida gullab meva beradi. Toshkent viloyati, Qo‘rama (Ohangaron daryosi havzasi), Chotqol (Odamtosh, So‘koq. Chotqol biosfera qo‘riqxonasi, Chimyon), Qorjontov (Oqtosh), Piskom tizmalarida tarqalgan. O‘zbekistondan tashqarida, Qozog‘iston (Sariog‘och, Jilg‘a, Darboza, Sirdaryo Qoratog‘i) va Tojikistonda (Mug‘ultog‘) tarqalgan. Adir va tog‘ mintaqalarining toshli-shag‘alli yonbag‘irliklarida o‘sadi. Soni aniqlanmagan. Urug‘idan ko‘payadi. O‘simlik soni va arealining o‘zgarish sabablari aniqlanmagan. O‘zR FA Botanika bog‘i va boshqa mamlakatlarning botanika bog‘larida o‘stirib kelinmoqda. Chotqol biosfera qo‘riqxonasida va Ugom-Chotqol milliy tabiat bog‘ida muhofaza qilinadi. Manba: O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobi. 2016.
English
Русский
Deutsch
Prev Article