ODDIY MALINA

ODDIY MALINA (Rubus idaeus L) - balandligi 1.0-1.5 metrgacha tikka o‘suvchi shoxlardan iborat. May oyining oxiri iyun oyining boshlarida gullaydi. Iyul oyida mevalari pishib yetiladi. Mevalari asosan qizil (ba’zan sariq) rangda bo‘lib, sharbatli, shirin, qand moddasiga boy bo‘lib, o‘ziga xos xushbo‘y hidga egadir. Mevalari ko‘p urug‘lidir, oziq-ovqat sanoatida qimmatli xom-ashyo sifatida murabbo, jem, marmelad, konfetlar tayyorlashda ishlatiladi. Malina keng miqyosda madaniylashtirilgan, ko‘pgina yirik mevali navlari yaratilgan va rayonlashtirilgan. Manba: Manzarali dendrologiya. 2022.

Prev Article

ODDIY IRG'AY

Next Article

ODDIY NOK