ODDIY SIREN

ODDIY SIREN (Syringa vulgaris L.) asosan manzarali o‘simlik sifatida o‘stiriladi. 6 metr balandlikkacha o‘sib, zich shox-shabbalar hosil qiladi. Siren may oyida gullaydi, gullari to‘pgul ko‘rinishida oq, siyoh rang bo‘lib yuqori manzaralidir. Kuzda mevalari  pishib yetiladi, qanotsimon urug‘lar ajralib chiqadi, uzunligi 1 sm, 1000 tasining og‘irligi 5-9 g, urug‘idan ko‘payadi, sergul navlari payvandlash yo‘li bilan ko‘paytiriladi. Shaharlarni ko‘kalamzorlashtirishda keng foydalaniladi. Manba: Manzarali dendrologiya. 2022.

Prev Article

ODDIY SHUMURT

Next Article

ODDIY TAKSODIY