ODDIY ARCHA

ODDIY ARCHA (Juniperus communis L.) bo‘yi 12-18 m, diametri 25-40 sm keladigan, shox-shabbasi tuxumsimon daraxt. Ignabarglari qirrali, novdada 3 tadan bo‘lib, doira shaklida joylashadi. Ignabarglari daraxtda 4 yilgacha saqlanadi. Oddiy archa aprel oyida changlanadi. Urg‘ochi qubbalari shamol vositasida changlanadi. Oddiy archa urug‘idan ko‘payadi. U sovuqqa va qurg‘oqchilikka chidamli daraxt. Qisman soyasevar. Qumli, ohakli sernam tuproqda  yaxshi o‘sadi. Tuproq sho‘riga, havoning ifloslanishiga chidamsiz. Asosan MDH ning Yevropa qismidagi o‘rmon zonasida va Sibirda tarqalgan. Tuproqni yog‘in suvlari bilan yuvilishdan saqlashda va uning sifatini yaxshilashda archaning roli katta. Chiroyli shakllari shaharlarda parklarga, ko‘chalarga ekiladi. Uning turli shakllari ko‘kalamzorlashtirish ishlarida katta rol o‘ynaydi. Manba: Dendrologiya. 2012.

Next Article

ODDIY BARG