ODDIY SHUMTOL

ODDIY SHUMTOL (Fraxinus excelsior L.) katta daraxt bo‘lib, bo‘yi 25 m, diametri 1-1,5 m gacha tik o‘sadi. Oddiy shumtol aprel-may oylarida gullaydi va mevasi sentyabrda yetiladi va asta-sekin to‘kila boshlaydi, bir qismi qish bo‘yi daraxtda saqlanadi, bahorda barg yozish vaqtida hammasi to‘kilib ketadi. Yorug‘sevar, havoning issiqligi va quruqligidan zararlanmaydi. U chiroyli o‘simlik bo‘lib, joylarni ko‘kalamzorlashtirish maqsadida ko‘p ekiladi. O‘rmon melioratsiyasi ishlarida ham keng qo‘llaniladi. Manba: Manzarali dendrologiya 2022.