ARG'UVON

ARG‘UVON (Cercis L.) — burchoqdoshlar oilasiga mansub daraxtlar turkumi. Yevropa va Osiyoda Cercis siliquastrum turi tarqalgan. Bu tur yovvoyi holda O‘rta yer dengiz atrofida ham uchraydi. Markaziy Osiyo, Krim va Kavkazda xushmanzara o‘simlik sifatida ekiladi. Arg‘uvonning yovvoyi turi (Cercis griffithii) Afg‘onistonda hamda Markaziy Osiyoning Pomir-Oloy va G‘arbiy Tyanshan tog‘larida uchraydi. O‘zbekistonda Qurama va Ugam tog‘larida o‘sadi. Yog‘ochi yumshoq va oq bo‘lganligi uchun duradgorlikda bag‘dodi uslubida o‘yiladigan naqqoshlikda keng qo‘llaniladi. Manba: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi. 2000.

English

REDBUD

Русский

БАГРЯННИК

Deutsch

JUDASBAUM

Prev Article

AREOGENEZ

Next Article

ARID IQLIM