ARCHA MO'YLOVDORI

ARCHA MO‘YLOVDORI - Markaziy Osiyoning archa zonalarida keng tarqalgan. Faqat archaga hujum qiladi va u ham fiziologik, ham texnik zararkunanda hisoblanadi. O‘ta zaiflashgan daraxtlarni afzal ko‘radi, mutlaqo sog‘lom daraxtlarga deyarli tegmaydi. Qo‘ng‘izi tim qora-qo‘ng‘ir rangda, old qismi, boshi, mo‘ylovining birinchi bo‘g‘imi va yon tomonlari tim qora-qo‘ng‘ir rangda. Qo‘ng‘iz tanasining uzunligi 10-16 mm ga yetadi. Archa mo‘ylovdori lichinka davrida va shakllangan qo‘ng‘iz davridan archa yog‘ochi ichida qishlaydi. Qishlab chiqqan qo‘ng‘izlar uchishi aprel oyining boshlarida boshlanadi va u bir oy davom etib, mayning birinchi yarmida o‘z yakuniga yetadi. Qo‘ng‘izlar oziqlanmaydi, tuxum qo‘yish uchun qulay joy qidirib 1-2 km uchib o‘tishi mumkin. Qo‘ng‘izlar zaiflashgan va toza chopilgan daraxtlarni afzal ko‘radilar. Manba: O‘rmon entomologiyasi. 2022.

Prev Article

ARCHA