ASALARI ZAHARI

ASALARI ZAHARI  – asalarining zahar ishlab chiqaruvchi bezida to‘planadi. U tiniq, asal hidiga o‘xshash hidga, achchiq, o‘tkir mazaga va kislotali sharoitga ega modda. Tarkibida oqsil moddalar, xolin, gistamin, triptofan, efir moyi, chumoli kislotasi, xlorid va ortofosfat kislotalar; magniy fosfat, ferment moddalar bor. Dori preparatlari – «Apifor», «Apizartrop», «Virapin» surtmasi bod, poliartrit, trofik yara, chipqon, mushaklar shamollashi (miozit), tromboflebit, endoarterit, astma, bosh og‘rig‘i (migren), paradontoz kasalliklarini davolashda og‘rigan yerga surtiladi yoki inyeksiya qilinadi. Manba: Qishloq xo'jaligiga oid atamalarning izohli lug'ati. 2023.

Prev Article

ASALARI

Next Article

ASALARICHI