AVOKADO

AVOKADO, ALLIGATOR NOKI (Persēa americāna Mill.) — doim yashil mevali o‘simlik bo‘lib, Laurel (Lauraceae) oilasining Persea (Persēa) jinsi turlariga mansub. Uning vatani Meksika-Gvatemala chegarasining ikkala tomonida joylashgan baland tog‘lar hisoblanadi. Mevalari "avokado" deb ham ataladi, ular vitaminlar va muhim minerallarga boy. Mevalaridan tashqari, yog‘ochi mebel ishlab chiqarishda va qurilish materiali sifatida ishlatiladi. Ilgari rus tilida "alligator nok" va "agacat" nomlari bu o‘simlikni belgilash uchun ishlatilgan. Arxeologik ma’lumotlarga ko‘ra, avokado miloddan avvalgi uchinchi ming yillikda etishtirilgan. Azteklar uni huacatl ("o‘rmon yog‘i") deb atashgan. Meksika avakado etishtirish va eksport qilish bo‘yicha etakchi hisoblanadi. Avokado ko‘plab tropik va subtropik hududlarda (AQSh, Braziliya, Afrika, Isroil) o‘stiriladi. Har bir daraxtdan 150-200 kg meva olinadi. Avakadoning 400 dan ortiq navlari mavjud bo‘lib, Evropada ularni yil davomida sotib olish mumkin. 

 

English

AVOCADO

Русский

АВОКАДО

Deutsch

AVOCADO

Prev Article

AVLOD

Next Article

AVTONOM FATSIYA