ASTRAGAL

ASTRAGAL (Astragalus) — dukkakdoshlar oilasiga mansub (Fabaceae) o‘simliklar turkumi. O‘t, chala buta va ba’zan butalardan iborat. 1600 turi bor. Markaziy Osiyoda 592 va O‘zbekistonda 250 turi o‘sadi. Ularning ko‘p turlari (no‘xatak, singren) yaxshi yem-xashak hisoblanadi. Kopettog‘ va Turkmanistonda o‘sadigan Astragaldan (A. piletocladus, A. turcmenorum) tibbiyotda, qandolat sanoatida va texnikada qo‘llaniladigan, suvda erimay, faqat bo‘kadigan tragakant  yelimi olinadi. Ayrim turlarining yer ustki qismi tarkibida glitserizin moddasi, flavonoidlar va mikroelementlar bor. Damlamasi gipertoniya kasalligini davolashda qo‘llaniladi. Manba: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi. 2000.

English

ASTRAGAL

Русский

АСТРАГАЛ

Deutsch

ASTRAGAL

Prev Article

ASSOTSIATSIYA 2

Next Article

ATIRGUL SIKADASI