AMUR TOKI (Vitis amurensis Rupr.) - Uzoq Sharq o‘rmonlarida uchraydigan tok. Poyasi 25 m gacha o‘sib, yo‘g‘onligi 17-20 sm ga yetadi. Mevasi kichik-kichik shingillarga to‘plangan, nordon, binafsha. Sovuqda juda chidamli (-40° gacha chiday oladigan) bo‘lganidan undan chatishtirish usuli bilan shimol va Uzoq Sharqda o‘sa oladigan tok navlarini yetishtirishda foydalaniladi.
AMUR TOKI