ADONIS

ADONIS (Adonis) - ayiqtovondoshlar oilasiga mansub o‘tlar turkumi. 20 ga yaqin bir yillik va ko‘p yillik turlari mavjud bo‘lib, Markaziy Osiyo, Sibir va Yevropa tog‘larida o‘sadi. Toshkent, Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlaridagi yaylovlarda adonisning 4 turi (Adonis parviflora, Adonis turkestanica, Adonis leiosepala, Adonis chrysocyathus) uchraydi. Ayrim turlari (ayniqsa, A. turkestanica va A. vemalis L.) dan yurak kasalliklarini davolashda ishlatiladigan adonizid olinadi. Bu turlarning poyasi tik (20-40 sm), tukli bo‘lib, gullab bo‘lgandan so‘ng tuklari to‘kilib ketadi. Adonis barglari qirqma, patsimon, murakkab, poyasining yuqori qismida bandsiz, quyi qismida bandli. Gullari yirik, aktinomorf (to‘g‘ri), har bir poyacha uchida bittadan gul bo‘ladi: gulkosachasi 5 ta ko‘k kosachabargdan, gultoji 5-20 ta sariq gulbarglardan iborat. Changchi va urug‘chilari ko‘p. Gul o‘rni konussimon. Adonis aprel-may oylarida gullaydi. Manba: «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi». 2000.

English

ADONIS

Русский

АДОНИС

Deutsch

ADONIS

Prev Article

ADIR

Next Article

ADVЕNTIV KURTAK