ZUPАROV MIRАKBАR АBZАLOVICh 1950-yili 28-noyabrda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1968-1974-yillar davomida Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika institutining tabiat-geografiya fakultetini kimyo va biologiya yo‘nalishida tahsil olib, kimyo va biologiya o‘qituvchisi mutaxassisligi bo‘yicha oliy maʼlumotga ega bo‘lgan.
1974-1985-yillar davomida O‘zbekiston Fanlar Аkademiyasining mikrobiologiya institutidagi mikologiya laboratoriyasida kichik ilmiy xodim lavozimida ishlagan.
1985-yili O‘zR FА Botanika instituti qoshidagi ixtisoslashgan ilmiy Kengashda “Tut rizosferasining mikoflorasini qiyosiy o‘rganish” mavzusi bo‘yicha qilingan ilmiy ish dissertatsiyasini himoya qilib, biologiya fanlari nomzodi ilmiy darajasini olgan. 1985-yili Toshkent davlat agrar universitetiningi fitopatologiya kafedrasida assistent, 1991-yildan esa dotsent lavozimida ishlagan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi huzuridagi Oliy Аtestatsiya Komissiyasi qarori bilan 1993-yili dotsent, 2022-yili professor ilmiy unvoni berilgan.
2023-yilda “O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi fidoyisi” ko‘krak nishoni bilan tag‘dirlangan. 2000-yili KOICA dasturi bo‘yicha Janubiy Koreyada o‘z sohasi bo‘yicha malaka oshirib kelgan.
Ilmiy - pedagogik faoliyati davomida 200 dan ortiq ilmiy ishlari chop etilgan ularning 3 tasi darslik, 7 tasi o‘quv qo‘llanmalar, 5 tasi monografiya, 11 tasi uslubiy qo‘llanma, 1 ta tavsiyanoma va 133 ga yaqin ilmiy maqolalar jumladan 20 ga yaqin SCOPUS bazasiga kiritilgan maqolalar hisoblanadi. Pedagogik jarayonida “Qishloq xo‘jalik fitopatologiyasi,“ “O‘rmon fitopatologiyasi”, Mikrobiologiya” darsliklari, “Научно-исследовательские методы биотехнологии в плодоовощоводстве“, “Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi”, “Лесная биотехнология и микробиология”, “Аgrobiotexnologiya”, “Mikrobiologiya”, “Qo‘ziqorinchilik” singari o‘quv qo‘llanmalari nashr qilingan. M.А.Zuparov xammuallifligida “Shampinon yetishtirishning agrobiologik asoslari va uni zararli organizmlardan himoya qilish”, “Karamdosh sabzavot ekinlarining kasalliklari va ularga qarshi kurpash”, “O‘zbekiston sharoitida Pleurotus ostreatus (Jacq.: Fr.) ni yetishtirish va uni zararkunanda hamda kasalliklardan himoya qilish”, “Issiqxona sharoitida so‘ruvchi zararkunandalarga qarshi mikrobiopreparatlarni qo‘llash samaradorligi”, “Entomopatogen zamburug‘larni oqqanot va shiralarga qarshi issiqxonada qo‘llashning samaradorligi” kabi ilmiy monografiyalari chop etilgan.
U O‘zbekiston sharoitida qo‘ziqorin urug‘ligini yetishtirish bo‘yicha olingan ikkita patentning hammualifidir.
Bugungi kunda M.А.Zuparov Toshkent davlat agrar universitetining Qishloq xo‘jaligi biotexnologiyasi, standartlashtirish va sertifikatlash kafedrasida professor lavozimida faoliyat yuritmoqda.
ZUPАROV MIRАKBАR АBZАLOVICH