YANCHEVSKIY QORAG‘ATI (Ribes Jancevskii Pojark.) kichik butacha. Novdalari sariq-tilla rangda, qisman tukli yoki tuksiz. Barglari yirik, yaltiroq bo‘lib, bo‘yi eniga teng. Gullari yirik, 1,0-1,2 mm, oq-pushti, yig‘ilib shingilcha hosil qiladi. Rezavor mevasi 1,0-1,5 sm ga yaqin, qora rangda. Bu butacha tog‘ daryolari vodiysida o‘sadi, dengiz sathidan 2590-2800 m balandlikda uchraydi. Qorag‘at Qirg‘iziston va Tojikistondagi tog‘li hududlarda tarqalgan.
YANCHEVSKIY QORAG'ATI