YAVOR ZARANGI

YAVOR ZARANGI (Acer pseudoplatanus L.) bo‘yi 40 m, diametri 1 m ga yetadigan katta daraxt. Bu zarang barg yozib bo‘lgandan so‘ng, aprel-may oylarida gullaydi. Mevasi sentabr oyida yetiladi. Dala zarangi tez o‘sadi, chuqur ildiz otadi, to‘nkasidan ko‘karadi. Parxish yo‘li bilan ko‘payadi va ayrim vaqtlarda ildizidan bachkilaydi. Bu zarang juda chiroyli daraxt. U turli shaharlarda, parklarda ko‘p ekiladi.  Joylarni ko‘kalamzorlashtirish uchun va o‘rmonchilik ishlarida keng foydalanish uchun tavsiya qilinadi. Manba: Manzarali dendrologiya. 2022.

Prev Article

YAPON TUXUMAGI

Next Article

YELIM RAKI