YO‘SIN (Bryophyta) - yuksak o‘simliklarning qadimiy, tuzilishi sodda va mayda (4-5 millimetrdan 40 santimetrgacha) vakillari. Ba’zilarining tanasi poya va barglarga differensiyalangan. Ayrimlarining tanasi yapaloq bargsimon tallomdan iborat. Ildizi bo‘lmaydi, lekin substratga maxsus tukchalar (rizoidlar) vositasida ilinib turadi. Bargli moxlar tabiatda juda keng tarqalgan bo‘lib, ba’zan tundralarda, botqoqlarda yerni butunlay qoplab oladi va botqoqlashish jarayonini tezlatadi.
YO'SIN