YEVROPA KRIJOVNIGI (Grossularia reclinata Mill.) buta bo‘lib, sekin o‘sadi. Bizda aprelning boshlarida barg yozadi, shu bilan bir vaqtda gullaydi. Mevasi iyunda yetiladi, sershira, serhosil. U isteʼmol qilinadi. Bu krijovnik havoning issiq va quruq kelishiga chidamli, soya yerda yaxshi o‘sadi. U manzarali buta. Ukraina, Kavkazda, Yevropaning o‘rta va janubiy tumanlarida, tog‘ qiyaliklarida boshqa butalar bilan birga o‘sadi. Аyrim madaniy navlarining novdasi tikanli, kosachasining osti nektarli bo‘ladi hasharotlar yordamida changlanadi. Manba: Dendrologiya. 2012.
YEVROPA KRIJOVNIGI