YELIM RAKI

YELIM RAKI YOKI SЕRYANKA RAKI – (Cronartium flaccidum (Alb. ex Schw) Wint.) ko‘proq qarag‘ayda uchraydi. Kasallanish odatda shox va novdalarda o‘simlikning har qanday yoshida kuzatiladi. Mitseliysi shox va novdalarning lub to‘qimasi atrofida rivojlanib, uni qalinlashtiradi, natijada rak hosil bo‘ladi. Yelim yo‘llarining yemirilishi natijasida kuchli yelim oqa boshlaydi. Shuning uchun u yelim raki ham deyiladi. Mitseliy daraxt tanasini halqalab olgandan so‘ng, uning yuqori qismi qurib qoladi. Rak o‘simlikning yuzasini quritishi bilan bir qatorda uning tanasida deformatsiyani keltirib chiqaradi. Bunday kasallikka chalingan daraxtlar faqat yoqish uchungina yaroqli bo‘lib qoladi. Kasallik 30-50 yilgacha davom etadi. Kasallik o‘simliklarni kuchsizlantiradi, natijada ularda zararkunanda, hasharotlar rivojlanadi va daraxtlarning qurishini tezlashtiradi. Manba:  O‘rmon fitopotologiyasi. 2022.

Prev Article

YAVOR ZARANGI