YETMAK

YETMAK (Acanthophyllum gypsophiloides) - qoramug‘doshlar (chinniguldoshlar) ga mansub o‘t o‘simliklarning ildizi. Tarkibidagi organik moddalar - saponinlar suvga solinsa yoki eritmalarga aralashtirilsa ko‘piradi. O‘rta Osiyo adirlarida va tor etaklarida o‘sadi. Ildizi har yili ko‘p miqdorda qazib olinib, har xil sanoatda (xalqda nisholda pishirishda) ishlatiladi va cheksiz miqdorda xorijiy mamlakatlarga chiqariladi.