XIVА SHО'RАGI

XIVА SHО‘RАGI (Salsola chiwensis Popov) О‘zbekistonning shimolidagi relikt tur. Bо‘yi 30-60 sm oralig‘idagi, tuksiz yarim buta. Barglari ketma-ket joylashgan, etli, yassi. Tо‘pguli boshoqsimon. Gulqо‘rg‘on bargchalarda mevalagan paytida hosil bо‘ladigan qanotchalari yupqa pardasimon, buyraksimon yoki teskari tuxumsimon. Iyul oyida gullab, mevasi sentabrda yetiladi. Qoraqalpog‘iston, Ustyurt va Qizilqum (Sulton Uvays tog‘)da tarqalgan. Turkmanistonda ham uchraydi. О‘sish sharoiti. Kulrang qо‘ng‘ir gipsli na ohakchil tuproqlarda о‘sadi. Yakka-yakka holda hamda tо‘plar hosil qilib tarqalgan. Urug‘idan kо‘payadi. Chorva mollari boqilishi, haydab о‘tilishi natijasida kamayib bormoqda. Madaniylashtirilishi haqida maʼlumotlar yо‘q. Chorva mollaridan saqlash kerak. Manba: О‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobi. 2016. 

Prev Article

XAZONREZGI

Next Article

XLOROPLASTLAR