XLOROPLASTLAR (grekcha xloros-yashil) barcha yashil hujayralarda mavjud bo‘lab, ularda o‘ta muhim fiziologik jarayon uglerod assimilyatsiyasi, yaʼni yorug‘lik taʼsirida uglerod oksidi va suv ishtirokida kraxmal sintezi sodir bo‘ladi. Xromoplastlar (grekcha xroma-rang) chetan, naʼmatak, do‘lana mevalarida, sariq va olov rang gullarida uchraydi va ular xloroplastlardan asta-sekinlik bilan xromoplastlarga aylanadilar. Hujayrani o‘sishi bilan uning protoplazmasida suvli suyuqlik bilan to‘lgan bo‘shliqlar hosil bo‘la boshlaydi. Bu bo‘shliqlar vakuolalar, suyuqlik bo‘lsa, hujayra shirasi deb ataladi. Hujayra shirasida kislotalar va ularning tuzlari, uglevodlar, oqsil moddalar, pigmentlar (bo‘yovchi moddalar) uchraydi. Hujayra shirasini reaksiyasiga bog‘liq holda u hujayra shirasini moviy, siyohrang va qizil rangga bo‘yalishini taʼminlaydi. Manba: Dendrologiya. 2012.
XLOROPLASTLAR