VILLIS ASTRAGALI

VILLIS ASTRAGALI (Astragalus willisii Popov) Ko‘hitangda kam tarqalgan, endemik o‘simlik. May oyida gullab mevasi iyunda pishadi. Surxondaryo viloyati Ko‘hitang tizmasidagi Qizil olma qishlog‘ining shimolida va Kattaqurchuk tevaraklarida uchraydi. Tog‘ning o‘rta qismidagi shag‘alli-toshli yonbag‘irlarda va siyrak archazorlarda o‘sadi. Asosan, yakka holda, ba’zan archazorlar orasida kichik-kichik tuplar hosil qilib o‘sadi. Urug‘idan ko‘payadi. O‘simlik o‘sib turgan yerlarda chorva mollarining haddan tashqari ko‘p boqilishi tufayli o‘sish maydonlari qisqarib ketgan. Surxon davlat qo‘riqxonasida muhofaza etiladi. Manba: O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobi. 2016.