VЕGЕTATSIYA DAVRI — meteorologik sharoitlarga ko‘ra yilning o‘simlik o‘sishi va rivojlanishi mumkin bo‘lgan davri. Vegetatsiya davrida o‘simlik organik moddalar hosil qiladi, urug‘, don, tuganaklar, mevalar va boshqa xo‘jalik ahamiyatiga molik mahsulotlar shakllanadi va yetiladi. Mo‘tadil iqlimli mintaqalarda vegetatsiya davri bahordagi oxirgi qorasovuq boshlab kuzda tushadigan birinchi qorasovuq o‘rtasidagi vaqtga to‘g‘ri keladi. Tropik va subtropik iqlim mintaqalarida esa bu davr yilning deyarli hamma faslini o‘z ichiga oladi. Vegetatsiya davridagi o‘rtacha oylik temperatura bahor va kuzda 15° dan, yozda esa 30° dan yuqori bo‘lishi lozim. Har qanday ekinning muayyan rivojlanish fazasi o‘tishi uchun ma’lum miqdorda samarali temperatura yig‘indisi talab etiladi. Manba: «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi». 2000.
VEGЕTATSIYA DAVRI