VOHA

VOHA — cho‘l va chala cho‘llarda obod qilingan yer. Vohada namgarchilik qo‘shni rayonlarga nisbatan ko‘p. Yer osti suvlari yuza bo‘lib, buloqlar chiqib yotadi, daryolar vaqt-vaqti bilan toshib turadi. Vohalar ko‘pincha daryo, ko‘l, kanal va quduqlardan suv bilan ta’minlanadi. Maydoni bir necha o‘n km2 dan bir necha o‘n ming km2 gacha bo‘ladi. Shimoliy Afrika, G‘arbiy Osiyo va Markaziy Osiyo cho‘llarida mashhur vohalar bor. Toshkent, Murg‘ob, Xorazm, Buxoro vohalari, Farg‘ona vodiysidagi vohalar ham ancha katta. Odatda, vohalarda aholi zich yashaydi. Manba: «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi». 2000.

English

OASIS

Русский

ОАЗИС

Deutsch

OASIS

Prev Article

VODIY