VVЕDЕNSKIY BOZULBANGI (Lagochilus vevedenskyi Kamelin et Zuckerw) Faqat Qizilqumda uchraydigan endemik o‘simlik. Bo‘yi 20-25 sm ga yetadigan yarim buta. Iyunda gullab, mevasi iyul-avgustda yetiladi. Buxoro, Navoiy viloyatlari, Qizilqumdagi qoldiq tepaliklar (Quljuqtog‘, Qingirtog‘, Bo‘kantog‘, Oqtog‘) da tarqalgan. Yakka-yakka holda o‘sadi. Bir gektar yerda 1200 tupgacha uchratish mumkin. Urug‘idan ko‘payadi. Chorva mollari boqilishi va haydab o‘tilishi natijasida kamayib ketgan. Muhofaza choralari ishlab chiqilmagan. Manba: O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobi. 2016.
VVЕDЕNSKIY BOZULBANGI