VVЕDЕNSKIY OKSITROPISI (Oxytropus vvedenskyi Filim) Hisor tizmasida tarqalgan endemik tur. Iyun-avgust oylarida gullab, mevasi avgust-sentabr oylarida yetiladi. Surxondaryo viloyati, Hisor tizmasining janubiy yonbag‘irida, Boysun tog‘larida tarqalgan. Tog‘larning o‘rta va yuqori qismlarida mayda zarrali tuproqlar, toshli va shag‘alli yonbag‘irlarda o‘sadi. Tabiatda kam tarqalgan. Urug‘idan ko‘payadi. Maxsus muhofaza choralari ishlab chiqilmagan. Manba: O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobi. 2016.
VVЕDЕNSKIY OKSITROPISI