UCHPOYALI OQTO'SHA

UCHPOYALI OQTO‘SHA (Phlomoides anisochila (Pazij et Vved.) Salmaki) Nurota tizmasidagi nihoyatda kamyob endemik o‘simlik. Bo‘yi 20 sm ga yetadigan ko‘p yillik, qalin tukli o‘t. Iyun-iyul oylarida gullab, mevasi avgustda yetiladi. Jizzax viloyati, Nurota tizmasining markaziy qismida tarqalgan. Tog‘larning o‘rta qismida shag‘al-toshli quruq yonbag‘irlarda o‘sadi. Yakka holda va kichik to‘plar holida uchraydi. Tuplar umumiy soni 1000 dan oshmaydi. Urug‘idan ko‘payadi. Nurota davlat qo‘riqxonasida muhofaza qilinadi. Manba: O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobi.  2016.

Next Article

UCHQAT