UZUN BARGLI AMERIKA TOLI (Salix longifolia Muchlend.) - ildizidan bachkilab ko‘payadi. Parxish yo‘li bilan ham ko‘payadi. To‘nkasidan novda chiqarib tiklanishi ham mumkin. Tollarning yog‘ochi pishiq bo‘lib, qurilishda ishlatiladi. Bir yillik novdalaridan savat to‘qiladi, mebel yasashda foydalaniladi. Tollar xushmanzara o‘simlik bo‘lib shaharlarni ko‘kalamzorlashtirishda keng foydalaniladi. Ular o‘rmonlarni sifatini yaxshilashda ahamiyatga ega. Ayrim turlari daryo bo‘ylaridagi ko‘chma qumlarning harakatini to‘xtatish uchun ekiladi.
UZUN BARGLI AMERIKA TOLI