UZUNBARG KARRAK

UZUNBARG KARRAK (Cousinia dolichophylla Kult.) G‘arbiy Tyan-Shanning kamyob endemik o‘simligi. Bo‘yi 90 sm gacha yetadigan ko‘p yillik o‘t. Iyul-avgust oylarida gullab, mevasi avgust-sentabrda yetiladi. Toshkent viloyati, Qorjontov, Ugom va Piskom tizmalarida tarqalgan. Tog‘larning o‘rta qismidagi mayda jins tuproqli, shag‘alli yonbag‘irlarda o‘sadi. Tabiatda yakka-yakka holda, ba’zan to‘p bo‘lib tarqalgan. Urug‘idan ko‘payadi. O‘simliklarni pichanga o‘rib olish oqibatida kamayib bormoqda. Maxsus muhofaza choralari ishlab chiqilmagan. O‘sish joylari Ugom- Chotqol milliy tabiat bog‘ida joylashgan. Manba: O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobi.  2016.