TURKISTON ARCHASI

TURKISTON ARCHASI (Juniperus turkestanica Kom.) daraxt yoki buta bo‘lib, daraxtlarining bo‘yi 18 metrga, butalariniki 2 m gacha yetadi. Shox-shabbasi qalin. Qubbalari ikkinchi yili yetiladi. Ularda bittadan urug‘ rivojlanadi. Yerga tushgan urug‘lari 2-3 yilda unib chiqadi. Urug‘ini sepishdan oldin unga ishlov berib, birinchi yili ko‘kartirish mumkin. Ignabarglari daraxtda 8-12 yil saqlanadi. Bu archa Markaziy Osiyoda tog‘larda tarqalgan bo‘lib, dengiz sathidan 2000-3000 m (3500) balandliklarda o‘sadi. Archa o‘rmonining eng yuqori zonasida o‘sadi. Uni tog‘larda ko‘kalamzorlashtirish uchun ekish mumkin. Archa turlari orasida namsevar va sovuqqa chidamli tur hisoblanadi. Manba: Dendrologiya. 2012.