TURKISTON CHETANI

TURKISTON CHETANI (Sorbus turkestanica (Franch.)Hedl.) tabiatda 8 metrgacha o‘suvchi ko‘p tanali daraxt bo‘lib, uning areali Tyan-Shan, Pomir-Oloy va Аfg‘oniston Badaxshonidagi tog‘larni qamrab olgan. Gullari to‘plam holida yetiladi, ularda 12-18 tagacha gullari bo‘ladi. Mevalari ovalsimon, oktabrda to‘liq pishib yetilgach qizil rangga kiradi. Аsosan 2400-3000 m balandliklarda tarqalgan. Tog‘ yonbag‘irlarini mustahkamlashda muhim meliorativ vazifalarni bajaradi. Manba: Dendrologiya. 2012.