TURKISTON QAYINI (Betula turkestanica Roth.) bo‘yi 10-15 m ga, diametri 30-50 sm ga yetadigan daraxt, tuxumsimon va keng shox-shabba hosil qiladi. Bir tanali, tanasining po‘sti sarg‘ish oq rangda, po‘st tashlab turadi. Yosh novdalari mayin tukli bo‘lib, smolasimon so‘galchalari bor. Bu qayin urug‘idan yaxshi ko‘payadi, tez o‘sadi. Qayinning yog‘ochi oq rangda, zich, pishiq bo‘lib, undan har xil buyumlar ishlanadi. U yorug‘sevar, issiqqa va sovuqqa, havoning ifloslanishiga chidamli daraxt. U tog‘ vodiylarida, daryo bo‘ylarida o‘sadi. Tyan-Shanda, Pomir-Oloyda, Jung‘oriya Olatovida uchraydi. Manba: Флора Узбекистана. 1962.
TURKISTON QAYINI