TO'QIMALAR

TO‘QIMALAR - tuzilishiga va bajaradigan hayotiy funksiyasiga ko‘ra bir xil bo‘lgan hujayralar guruhidir. Bajaradigan funksiyalariga ko‘ra hosil qiluvchi (yaratuvchi), qobiq hosil qiluvchi, o‘tkazuvchi va mexanik to‘qimalarga ajratiladi. Yaratuvchi-hosil qiluvchi to‘qimalarga o‘simliklarning o‘sish nuqtalaridagi joylashgan meristema kiradi. Meristema birinchi to‘qima hisoblanib, bir necha qavat joylashgan bir xil va zich bog‘langan parenxima hujayralaridan iborat bo‘lib, ular intensiv bo‘linib, ko‘payishga moyil bo‘ladi. Meristemani tashqi qavatida qobiq hosil qiluvchi, uchki qavatlarida o‘tkazuvchi to‘qimalar va o‘zak rivojlanadi.

English

TISSUES

Русский

ТКАНИ

Deutsch

GEWEBE

Prev Article

TO'QAY

Next Article

TOBULG'I