TYAN-SHAN QAYINI (Betula tianschanica Rupr.) kichikroq daraxt bo‘lib, bo‘yi 5-6 m, ko‘p tanali yoki sershox, keng shox-shabba hosil qiladi. Tanasining po‘stlog‘i jigarrangda, yupqa po‘st tashlab turadi. Barglari tuxumsimon yoki cho‘ziq-tuxumsimon, barg plastinkasi yirik, butun, bandining uzunligi 1 sm. Bargining har ikkala tomoni va bandi tuksiz. Yong‘oqchasi tuxumsimon, bo‘yi 2 mm. Bu qayin urug‘idan yaxshi ko‘payadi. Tyan-Shan qayini Jung‘oriya Olatovida, Tyan-Shanda dengiz sathidan 1800 m balandlikda o‘sadi. Shaharlarni ko‘kalamzorlashtirish uchun ekish tavsiya etiladi.
TYAN-SHAN QAYINI