TURANG'IL

TURANG‘IL (Populus pruinosa Schrenk) bo‘yi 18 m ga, diametri 80-90 sm ga yetadigan daraxt. Shox-shabbasi keng, diametri 10 m keladi. Tanasi qing‘ir-qiyshiq o‘sadi. Turang‘il terakning yog‘ochi oq, qattiq bo‘ladi. Markaziy Osiyoda va Qozog‘istondagi barcha daryolar  bo‘yida, sho‘rtob tuproqli yerlarda turang‘i bilan birga o‘sadi va qalin o‘rmonzorlar hosil qiladi. Uni sho‘rtob tuproqli tumanlarda aholi yashaydigan joylarni ko‘kalamzorlashtirishda ko‘plab ekish tavsiya etiladi. Turang‘il terak Eron va Xitoyning g‘arbida ham uchraydi. Manba: Флора Узбекистана. 1962.